TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi alomatlari orasida quloq bitishi ham kuzatiladi. Bu haqda Rospotrebnadzor markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti klinik va tahlil ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya ma’lum qildi.
“Quloq bitishi COVID-19 ning unchalik kamdan-kam uchraydigan alomati emas", – dedi mutaxassis RIA Novosti bilan suhbatda.
Pshenichnaya Turkiyada o‘tkazilgan tadqiqotda koronavirusga chalingan 172 kishidan 31 nafarida (18 foiz ) quloq bitib qolishi kuzatilganini ma’lum qildi. Quloq bitishi kasallikning yengil shaklini boshdan kechirayotgan 12 foizga yaqin bemorda qayd etilgan.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, quloq bitishi O‘RVIda ham kuzatilishi mumkin. Agar quloq bitishi bir necha kun ichida o‘tmasa, quloqda og‘riqlar paydo bo‘lsa, shoshilinch ravishda otolaringolog shifokoriga murojaat qilish zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq eshitish qobiliyatining o‘zgarishi koronavirus yuqtirib olganlikdan darak berishi mumkinligi xabar qilingan edi.