TOShKENT, 5 noya — Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedovga Rossiya Qahramoni unvonini berish taklif etildi.
Davlat Dumasi deputati Gajimurod Omarov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bunday tashabbus bilan chiqdi. Bayonotda aytilishicha, sportchi bir necha bor dunyo miqyosida Rossiya sharafini himoya qilgan. Habib Nurmagomedov yoshlar orasida sport, sog‘lom turmush tarzini, oilaviy qadriyatlarni faol rivojlantirib, ommalashtiradi. Bundan tashqari, chempion xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi.
24 oktabr kuni UFC 254 turnirida amerikalik jangchi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng sportchi o‘z karyerasini yakunlashi haqida e’lon qilgandi.