TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va boshqa fransiyalik vakillarining so‘zlarini keskin tanqid qilganlar safiga qo‘shildi. Sport-RIA Novosti xabariga asosan.
Sportchi "ular so‘z erkinligi shiori ostida bir yarim milliarddan ziyod musulmonlarning his-tuyg‘ularini haqorat qildi", - deb hisoblaydi.
"Biz musulmonmiz, Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ni onalarimiz, otalarimiz, farzandlarimiz, xotinlarimiz va qalbimizga yaqin bo‘lgan barcha odamlardan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘ramiz. Ishoninglar, bu provokatsiyalar ularga yomonlik bilan qaytadi", - deb yozgan Nurmagomedov.
Sportchi Makronning ismini tilga olmagan, ammo postga quyidagi suratni ilova qildi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi boshida Makron Fransiyadagi diniy separatizmga qarshi katta nutq bilan chiqish qilgan va respublika qadriyatlarini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik loyihasi 9-dekabrda taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.
Fransiya yetakchisi "Fransiyani chet el ta’siridan ozod etish" va masjidlar moliyalashtirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi xususida fikr bildirdi.
Fransiya prezidenti Charlie Hebdo satira jurnalida sentabr boshida Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarga izoh berar ekan, mamlakatda shakkoklik qilish erkinligi mavjudligini alohida ta’kidlagan edi. Tarix muallimi Samuel Pati qotilligidan so‘ng Makron Fransiyada karikaturalar chop etilishidan voz kechilmasligini ma’lum qildi.