TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqalash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shodmonov ushbu lavozimga Hukumatning tegishli qarori tayinlandi. Akademiyaning avvalgi rektori boshqa vazifaga oʻtayotganligi sababli oʻz vazifasidan ozod etildi.
Alisher Shodmonovga Toshkent tibbiyot akademiyasini mamlakatda tibbiyot xodimlarini tayyorlovchi, kelajakda sohada rejalashtirilgan islohotlarga lokomotiv vazifasini bajaradigan oʻquv yurtiga aylantirish, akademiya misolida milliy tibbiy taʼlimni xalqaro miqyosga koʻtarish kabi muhim vazifalar yuklatildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abduhakim Xadjibayev yangi sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlangani xabar qilingan edi.