TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Olimlar Markaziy Osiyo (MO) jonsiz sahroga aylanishi mumkin, deya aytishmoqda, deb yozadi "Populyarnaya mexanika" nashri.
Olimlarning aniqlashlaricha, 34 million yil oldin iqlimning keskin oʻzgarishi mintaqada ekologik falokatga olib kelgan. Bu voqea mintaqaning biologik xilma-xilligini bir umrga oʻzgartirgan. Moʻgʻuliston, Tibet va Shimoli-Gʻarbiy Xitoy ozgina oʻsimliklar oʻsadigan keng qurgʻoq choʻllarga aylangan. Bu zamin qariyb 20 million yil davomida shu holatda boʻlgan. Tadqiqot mualliflarining taʼkidlashlaricha, xuddi shu stsenariy tez orada takrorlanishi mumkin.
Osiyodagi qazilma changni oʻrganib chiqqan olimlar, millionlab yillar davomida Markaziy Osiyo sahrodan iborat boʻlgani, bu yerda asosan mayda kemiruvchilar yashagan, degan xulosaga kelishdi.
Ilgari bu mintaqa deyarli har doim oʻrmonzor bilan qoplangan, va faqat vaqt oʻtishi bilan bu yerda bir nechta choʻllar paydo boʻlgan, deya hisoblanar edi. Biroq, yangi tadqiqot mualliflarining fikricha, mintaqaning hozirgi holati - bu aks-harakatlar, yaʼni qurgʻoq sahrolar oʻsimlik bilan qoplanishi natijasidir.
Olingan natijalar mintaqadagi bioxilma-xillik, qishloq xoʻjaligi va inson farovonligi kelajagi uchun jiddiy oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumot bermoqda. Oʻtmishdagi faktlar shuni koʻrsatmoqdaki, agar choʻllar koʻpayishda davom etsa, Markaziy Osiyo hech qachon ilk choʻllanishdan oldin mavjud boʻlgan noyob biologik xilma-xilligini tiklay olmaydi", - deya izoh beradi tadqiqot ishi yetakchi muallifi Natasha Barbolini.
Ushbu tadqiqotlar Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo kengashning Markaziy Osiyo tezda sayyoradagi eng issiq va eng quruq joylaridan biriga aylanib borayotganligini koʻrsatadigan prognozlariga mos keladi, deya taʼkidlangan "Populyarnaya mexanika" nashrida.
Tadqiqot hammuallifi Karina Xorn deydiki, qachonlardir dominantlik qilgan ayrim oʻsimliklar mintaqada hali ham bor, ammo ular juda kamyobdir. Bu shundan dalolat beradiki, iqlimning tezlikda oʻzgarishi populyatsiyaning ortga qaytmas oʻzgarishiga olib kelishi mumkinligiga ishora qiladi, deb hisoblaydi ayol.