Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanganlar 67 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishFGBU "NMIS endokrinologii" Minzdrava RF
FGBU NMIS endokrinologii Minzdrava RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tun davomida yana 123 kishida koronavirus aniqlandi. Shu bilan birga ikki bemor vafot etdi. Jami qurbonlar 568 kishiga yetdi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 123 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 67 055 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vremenniy restoran COVID-19-safe v Shvetsii  - Sputnik O‘zbekiston
Immunolog koronavirus pandemiyasi eng erta tugaydigan davlatni aytdi

Yangi kasallanganlarning 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 13 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida, 16 nafari Sirdaryo viloyatida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 53 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 568 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 64 235 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 2 252 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0