Immunolog koronavirus pandemiyasi eng erta tugaydigan davlatni aytdi

© REUTERS / Linda Karlsson/HandoutVremenniy restoran COVID-19-safe v Shvetsii
Vremenniy restoran COVID-19-safe v Shvetsii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Hamma namuna qilib ko‘rsatadigan o‘sha Shvetsiyani olaylik. Ajoyib kartina: virus ozodlikka qo‘yib yuborilgan. Bu immun qatlamiga erishish uchun yaxshi prinsip, bunda epidemiya o‘zi to‘xtaydi, deydi shifokor

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Immunolog koronavirus pandemiyasi boshqa davlatdagilardan ertaroq yakunlanadigan mamlakat nomini aytdi, deb xabar beradi Sputnik radiosi.

Vremenniy gospital dlya bolnix koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus aniqlanganlar soni 66 500dan oshdi - SSV

"Shvetsiya immun qatlami 60-70%ga yetadigan birinchi davlatga aylanishi mumkin, bu koronavirus pandemiyasi yakunlanishi uchun yetarli sanaladi", degan fikrni bildirdi RIA Novosti bilan suhbatda immunolog-shifokor, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov.

"Hamma namuna qilib ko‘rsatadigan o‘sha Shvetsiyani olaylik. Ajoyib kartina: virus ozodlikka qo‘yib yuborilgan. Bu immun qatlamiga erishish uchun yaxshi prinsip, bunda epidemiya o‘zi to‘xtaydi. Ular to‘xtamaslikka va bor tezlikda harakatlanishga qaror qilishdi, ammo bir vaqtning o‘zida ular aksariyat og‘ir bemorlarni qutqarish uchun apparatlari, reanimatsiya palatalari, kislorod, dorilari yetishiga, ya’ni o‘z tibbiyotiga ishonishgan edi", - dedi Jemchugov.

Ayni vaqtda, ekspert so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiyada aniqlangan koronavirus holatlari chindan ham ko‘p, biroq, shu bilan birga qurbonlar ozchilikni tashkil etmoqda.

"Meni fikrimcha, Shvetsiya (immun qatlami) 60-70%ga chiqadigan birinchi davlat bo‘ladi, sababi, u yerda bemorlanadigan odamning o‘zi qolmaydi, hamma kasal bo‘ladi", – dedi Jemchugov, bu pandemiya yakun topadigan ko‘rsatkich ekanligini eslatgan holda.

Yangiliklar lentasi
0