Buxoroda 32-yil avval sodir etilgan qotillik fosh etildi – video

CC0 / pixabay / Siluet cheloveka s nojom v ruke
Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1988 yilning 5-oktabr kuni sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi. Jinoyatchi qotillik paytida 26 yoshda bo‘lgan. Erkak ayolning uyiga kirgach, unga jinsiy aloqa qilishni taklif etgan. Ayol esa bu taklifni rad etgan va o‘rtada janjal yuzaga kelgan.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Buxoro viloyatining Buxoro shahrida 1988-yilning 5-oktabr kuni sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni 1962-yilda tug‘ilgan fuqaro M.B. sodir etgan. U qotillik sodir etilgan paytda 26 yoshda bo‘lgan.

Jinoyati fosh bo‘lgan fuqaroning aytishicha, u qotillik qurboni bo‘lgan, 1933-yilda tug‘ilgan ayolning uyiga ayolning taklifi bilan kirgan. Erkak ayolning uyiga kirgach, unga jinsiy aloqa qilishni taklif etgan. Ayol esa bu taklifni rad etgan va o‘rtada janjal yuzaga kelgan. Janjal vaqtida erkak jahl ustida ayolning qorin va ko‘krak qismlariga 3-4 marta pichoq urgan.

Bu jinoyatdan keyin M.B. yana uch marta qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlangan. U 1993-yilda eski tahrirdagi Jinoyat kodeksining 15-81-moddasi (Qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish), 1996-yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (O‘g‘rilik), 2005-yilda 169-moddaning 1-qismi (O‘g‘rilik) bilan ayblangan.

Ma’lum bo‘lishicha, M.B. qotillik sodir etish bilan birga, ayolning uyidagi bir nechta tilla taqinchoqni o‘g‘irlab ketgan va jinoyat joyida uning barmoq izlari qolgan.

Romitan tumanida yashovchi fuqaroning 32-yil avval sodir etgan jinoyatini fosh etishda uning hodisa joyida qoldirilgan barmoq izlari yordam berdi. Buxoro viloyat IIB Ekspert-kiriminalistika bo‘limi tomonidan 2020-yilning sentabr oyida avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsion tizim orqali barmoq izlari tekshirilgan. O‘tkazilgan kriminalistik o‘rganishlar barmoq izlari fuqaro M.B.ga tegishli ekani oydinlashgan.

Buxoro shahar prokuraturasi ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini qayta tikladi. M.B. bilan olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida fuqaro sodir etgan jinoyatiga to‘liq iqrorligini aytgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0