TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Bemorlangan odamlarda koronavirusga qarshi immunitet oradan bir necha oy o‘tib yo‘qoladi, deb ma’lum qilgan "Izvestiya" nashriga klinik tadqiqotlar rahbari, Rossiya prezidenti ishlari boshqarmasi bosh kardiologi, Markaziy klinik shifoxona bosh tadqiqotchisi Nikita Lomakin.
Vrachning aytishicha, avgust oyida koronavirus bilan bemorlanganiga qaramay, Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanishni rejalashtirgan. Lomakin buni kasallangan odamlarda immunitet turg‘un bo‘lmasligini, shu bois, qayta kasallanish xatari mavjudligi bilan tushuntiradi.
"COVID-19 bilan bemorlanganlarning deyarli barchasi yaqin uch-besh oy davomida gumoral immunitetni yo‘qotadilar, takroran kasallikka chalinish xatari yuqori bo‘ladi ularda. Shu bois, men yoshimga doir beriladigan tavsiyalar asosida vaksinani olishni rejalashtirapman", - dedi mutaxassis.
Lomakinning aytishicha, "Sputnik V" tadqiqotlarida ishtirok etayotgan, 60 yoshdan yuqori bo‘lgan ko‘ngillilarning birinchi guruhi preparatning birinchi dozasini olishgan. Aniqlik kiritilishicha, 28 kishining hech birida noxush reaksiyalar kuzatilmagan. Tadqiqotlarga 110 kishini jalb qilish rejalashtirilgan. Hozirda 28 kishi gospitalizatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 11-avgust kuni "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatga olgan edi. Oktabr oyining boshida "EpiVakKorona" – COVID-19ga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatga olindi.
Ayni damda Rossiyada uchinchi vaksina ham klinik sinovlar darajasida. RFAning Chumakov nomidagi immunobiologik markazi tomonidan yaratilgan vaksina SARS-CoV-2 virusi asosida ishlab chiqilgan. Maxsus ishlov berilgan virus o‘zining infeksion xususiyatlarini yo‘qotib – immunitet uyg‘otish xususiyatiga ega bo‘lgan.