TOShKENT, 30 okt - Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 88 kishida koronavirus aniqlandi. Shunday qilib 2020-yil 30-oktabr soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jami 66 542 kishida koronavirus qayd etildi.
Yangi kasallanish holatlarining aksariyati Namangan viloyati (21), Toshkent shahari (19) va Jizzax viloyatida (11) aniqlandi. Shuningdek Farg‘onada 9 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida 7 kishidan, Qashqadaryoda 4 va Navoiyda 3 kishida aniqlangan.
Tun davomida koronavirusga chalingan bemorlardan 1 kishi vafot etgan.
Koronavirusga chalingan 66542 nafar bemorlardan 63 713 nafari - tuzalib ketgan. Ayni damda davolash ko‘rsatgichi - 96 %ni tashkil qilmoqda.
Shifoxonalarda 2 267 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 269 nafari og‘ir, 73 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.