Ayrim transport vositalaridan utilizatsiya yig‘imi undirilmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim transport vositalaridan 2022-yil 31-dekabrga qadar utilizatsiya yig‘imi undirilmaydi. Hukumat qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. “Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Stend Uzbekistana na prodovolstvennoy vistavke Prodekspo-2020 - Sputnik O‘zbekiston
Alkogol iste’mol yoshini yanada oshirish taklif qilindi - yangi qonun

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 31-dekabrgacha quyidagilarga utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi:

- yuk tashish uchun mo‘ljallangan shatakchi avtomobillar (TIF TN kodi 8701 20, ishlab chiqarilganiga 4-yildan oshganlari bundan mustasno), shuningdek, tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39, ishlab chiqarilganiga 5-yildan oshganlari bundan mustasno);

- yuk tashish uchun mo‘ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodlari 8704 22, 8704 23) hamda maxsus mo‘ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90);

- haydovchi bilan birga 10 va undan ortiq yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4-yildan oshganlari bundan mustasno).

Shuningdek, endilikda davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yo‘nalishlari bo‘yicha xayriya yordami maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalariga ham utilizatsiya yig‘imi undirilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0