Alkogol iste’mol yoshini yanada oshirish taklif qilindi - yangi qonun

© Sputnik / Mariya NaumenkoStend Uzbekistana na prodovolstvennoy vistavke "Prodekspo-2020"
Stend Uzbekistana na prodovolstvennoy vistavke Prodekspo-2020 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzumchilik va vinochilik agentligi tabiiy vinolardan boshqa alkogol reklamasini ta’qiqlovchi qonun loyihasini taklif qildi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda, reklama qilishda qo‘shimcha chekovlar kiritilishi mumkin. Bu haqida yangi qonun loyihaqida aytib o‘tilgan. 

Ushbu qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish tartibiga qo‘yidagi cheklovlarni kiritish kerak: 

1. Alkogol va tamaki mahsulotlarini faqat 21 yoshda katta bo‘lgan fuqarolarga (hozir 20) 

2. Alkogol (ko‘piklanadigan va tabiiy vinodan tashqari) va tamaki mahsulotlarini reklama qilishning har qanday turlari, sotuvini rag‘batlantirish va homiylik qilish taqiqlanadi

3. Ko‘piklanadigan va tabiiy vino uchun reklama televideniyeda mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan soat 07:00 gacha namoyish qilinishi mumkin.

4. Alkogol mahsulotini ish joylarida, ko‘chalar, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bog‘larida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5. Tamaki mahsulotlarin jamoat joylarida va transportda faqat maxsus ajratilgan joylarda iste’mol qilish mumkin; 

6. Shaxsiy avtotransport vositalarida 18 yoshga to‘lmagan yoki xomilador ayollar bo‘lgan taqdirda, tamaki mahsuloti va chilimni iste’mol qilish taqiqlanadi.

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan taklif etilgan ushbu qonun loyihasi 13-noyabrga qadar muhokamada bo‘ladi. 

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0