Prezident 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tarifini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev qilinadigan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini tarifni ko‘tarish hisobidan emas, balki ishlab chiqarishda ketadigan xarajatlarni, ya’ni tannarxni kamaytirish hisobiga erishish vazifasini qo‘ydi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyev ma’lum qildi.

“Mamlakatimiz rahbari 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslikni asosiy vazifa etib belgilab berdi. Buning uchun prezident har bir kompaniyaga, jumladan, ‘Hududiy elektr tarmoqlari’ AJga ham bir qator vazifalarni qo‘ydi. Qilinadigan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari tarifni ko‘tarish hisobidan emas, balki ishlab chiqarishda ketadigan xarajatlarni, ya’ni tannarxni kamaytirish hisobiga erishish vazifasi qo‘yildi”, — Mustafoyev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Mustafoyevning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev “Hududiy elektr tarmoqlari” oldiga asosiy to‘rtta masalani belgilab bergan: birinchidan, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ikkinchi — smart tizimi masalasi, uchinchi — billing hamda ERP-tizimi (Enterprise Resource Planning — korxona resurslarini rejalashtirish) masalalari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0