Yashirin tadbirkorlarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi - prezident

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodga qarshi biznes, jamoatchilik va OAV yordamida kurashish kerakligini ta’kidladi.

TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yashirin faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga nisbatan javobgarlik kuchaytirilish kerakligini ta’kidladi.

Korrupsion va yashirin faoliyatga mukkasidan ketgan noinsof tadbirkorlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish zarur, - dedi prezident. 

Korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda asosiy kuch biznes va jamoatchilikdir. Shu bois jamiyatda bu illatlarga nisbatan nafrat tuyg‘usini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning salbiy oqibatlarini yoritib borish muhim, deyilgan xabarda.

Shu bilan birga yashirin iqtisodga qarshi kurash - tadbirkorlarni jazolash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish degani emas. Bu ayniqsa pandemiya davrida katta ahamiyatga ega. Joylarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali mayda korrupsiyaga ham qat’iy choralar ko‘rish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Yashirin sexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi

Undan tashqari, majlisda qonuniy faoliyat olib borishni soddalashtirish yo‘li bilan ham tadbirkorlarni yashirin sektordan chiqarish mumkinligi aytildi.

Xususan 100 ta litsenziya va 34 ta ruxsatnomani qisqartirib, xabardor qilish tartibiga o‘tkazish, yana ko‘plarini soddalashtirish, 14 ta hujjatni berish muddatlarini 2 baravargacha qisqartirish mumkin. Ushbu choralar natijasida tadbirkorlar yiliga 125 milliard so‘m iqtisod qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasini tanqidiy o‘rganib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlarini qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotda band bo‘lgan umumiy 10,5 million aholidan atigi 4,9 millioni daromad solig‘i to‘laydi.

Yangiliklar lentasi
0