O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzoladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbekistan i Tursiya podpisali soglashenie o razvitii voyennogo i voyenno-texnicheskogo sotrudnichestva
Uzbekistan i Tursiya podpisali soglashenie o razvitii voyennogo i voyenno-texnicheskogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitimni Turkiya mudofaa vaziri general Hulusi Akar va O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov imzoladi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra natsionalnoy oboroni Tureskoy Respubliki, generala armii X. Akara - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkiya milliy mudofaa vazirini qabul qildi

Bitimni mamlakatga tashrif buyurgan Turkiya mudofaa vaziri general Hulusi Akar va O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov imzoladi.

Muzokara davomida mudofaa vazirlari davlat rahbarlarining O‘zbekistonga va Turkiyaga amaliy tashriflari davomida erishilgan natijalarga, shuningdek, harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, istiqboliga ham alohida e’tibor qaratishdi.

“Muzokaralardan so‘ng ikki davlat Mudofaa vazirligi rahbarlari O‘zbekiston hamda Turkiya o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar”, - deyilgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Turkiya milliy mudofaa vaziri, armiya generali Hulusi Akarni qabul qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0