Shavkat Mirziyoyev Turkiya milliy mudofaa vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal ministra natsionalnoy oboroni Tureskoy Respubliki, generala armii X. Akara
Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra natsionalnoy oboroni Tureskoy Respubliki, generala armii X. Akara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkiya harbiy kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilish va tajriba almashishga kelishib olishdi.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri, armiya generali Hulusi Akarni qabul qildi.

Prezident so‘nggi 3-yilda O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘z navbatida, Hulusi Akar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya mudofaa idoralari harbiy kadrlarni o‘qitish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shin bo‘linmalarini tayyorlash bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olindi.

Undan tashqari, mintaqadagi zamonaviy xatarlar va xavfsizlikka tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy va harbiy-texnik sohalarda keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0