To‘ylar muborak: 1-oktabrdan O‘zbekistonda to‘yxonalar faoliyatiga ruxsat berilgani aytildi

© AFP 2023 / Franck FifeVyetnamskie turisti v svadebnix naradax v Parije
Vyetnamskie turisti v svadebnix naradax v Parije  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi belgilangan.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. 1-oktabrdan O‘zbekistonda to‘yxonalar faoliyatiga ruxsat berilgani oydinlashdi.

Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Karantindagi to‘y: avgust oyida qaysi viloyat yoshlari ko‘proq oila qurdi

Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-sentabrdagi yig‘ilish bayoniga asosan karantin choralarini yumshatish munosabati bilan 2020-yil 1-oktabrdan to‘yxonalar faoliyatiga ruxsat etilgan.

Bunda, to‘yxonalar oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga to‘y marosimlarini 30 kishilik tartibda o‘tkazilishini doimiy saqlab qolish haqida petitsiya joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0