TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Joriy yilning avgust oyida respublika bo‘yicha eng ko‘p nikoh 5035 ta qayd bilan Farg‘ona viloyatida kuzatildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 138 646 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 973 taga kam.
Joriy yilning 8 oyida FHDYo organlarida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Farg‘ona – 15611 ta, Samarqand – 14282 ta, Qashqadaryo – 14261 ta, Andijon – 13029 ta va 13011 ta bilan Toshkent viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.
Respublika bo‘yicha 8 oyda eng kam nikoh holatlari Navoiy (4320 ta) viloyatida qayd etilgan.