Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya boshida Rossiyada 2,3 million nafarga yaqin mehnat migrantlari ishlagan, lekin hozir ularning ko‘pi ishsiz qolgan yoki yaxshi sharoit qidirishmoqda.
Moskovskiyning ma’lum qilishicha, kiritilgan cheklovlar olib tashlangandan so‘ng Rossiyaga ishga keladigan migrantlarning ishga joylashish uchun baza yaratish bugungi kunda o‘ta dolzarb va zarur.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, undan keyin avvalo Rossiyaning migratsiya sohasidagi qonunchiligiga e’tibor qaratish lozim.
“Gap birinchi navbatda har qanday ikkita ma’muriy qoidabuzarlik uchun chet ellik fuqaroni chiqarib yuborishni bekor qilish haqida bormoqda. Haddan ziyod taqiqlovchi choralar nafaqat mehnat bozori va mehnat migrantlariga, balki Rossiya iqtisodiyotiga ham juda katta zarar yetkazadi”, - deb hisoblaydi Moskovskiy.
Ekspert Rossiya fuqaroligiga qabul qilishning osonlashtirilishi ham odamlarning ishga joylashishini osonlashtirishini qo‘shimcha qildi.