O‘zbekistonda koronavirus: 28-oktabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishVrach brigadi skoroy meditsinskoy pomoshi
Vrach brigadi skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 197 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 141 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
"Bepisand bo‘lmang": RF bosh sanitar vrachi emlangunga qadar ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Bir sutka davomida 197 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 141 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 95 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 158 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 63 323 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 260 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Gospital COVID-19 v GKB № 52 - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda COVID-19ga chalinish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi

O‘zbekistonda jami 558 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Mobil klinika

Inson huquqlarini va salomatligini saqlash bo‘yicha Rossiya Federal xizmati (Rospotrebnadzor) O‘zbekistonga birinchi mobil klinikani sovg‘a qildi. 

Rossiya mobil klinikalari birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, OITS, COVID-19, virusli gepatit, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar, akkusher va ginekologik yordam, kardiologiya va urologiya xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 44,3 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 32,4 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (9,0 mln), Hindistonda (8,0 mln), Braziliyada (5,4 mln).

Yangiliklar lentasi
0