Angren shakar zavodidagi holat: korxona 5 oy ishlamagan, lekin xodimlarga oylik to‘langan

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSaxarniy zavod
Saxarniy zavod  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtga kelib, korxona tomonidan o‘zaro kelishuv asosida, ya’ni kelgusida korxona ish faoliyatini tiklagach, qayta ishga olish sharti bilan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmoqda.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Toshkent viloyati matbuot-xizmati "Angren shakar" korxonasi atrofida tarqalayotgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, korxona qariyb 5 oydan buyon faoliyat ko‘rsatmasdan kelmoqda. Lekin shunga qaramasdan, shu vaqtga qadar ishchi-xodimlarga oylik maosh to‘lab kelingan. Ayrimlari esa haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilgan.

Rabota saxarnogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Ikkita shakar zavodida xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatish boshlandi

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtga kelib, korxona tomonidan o‘zaro kelishuv asosida, ya’ni kelgusida korxona ish faoliyatini tiklagach, qayta ishga olish sharti bilan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmoqda.

Ayni damda 150 dan ortiq ishchi-xodim ishdan bo‘shatilgan, ularning barchasiga kompensatsiya pullari to‘lab berilgan. Ishdan bo‘shatishlar, haq to‘lanmaydigan mehnat ta’tillari yana davom etishi mumkin.

Ayni paytda Ohangaron shahar va tuman hokimligi vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha dastlabki rejalarni muhokama qilib, takliflar tayyorlamoqda. Bunda, asosan, sanoat va ishlab chiqarishda ma’lum tajribaga ega bo‘lgan ishchilarni o‘z sohasiga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlariga ishga joylashtirish nazarda tutilmoqda.

Bugun Ohangaron tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Mirshohid Mirunusov, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 4-sektor rahbari Anvar Mo‘minov mazkur korxonada bo‘lib, ishchilar va rahbarlar bilan suhbatlashdi.

Korxonadan bo‘shatilgan ishchi-xodimlarga 15 kun muddatda yangi ish o‘rinlari taklif etish bo‘yicha xulosa tayyorlanayotgani haqida axborot berilgan.

Yangiliklar lentasi
0