TOShKENT, 27 okt — Sputnik. “Angren shakar” va “Xorazm shakar” ma’suliyati cheklangan jamiyatlari shu kunlarda ommaviy ravishda xodimlarini ishdan bo‘shatishni boshladi. Bu haqda "Angren shakar" MChJ matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, ayni paytgacha 130 nafardan ziyod xodim ishdan bo‘shatilgan. “Angren shakar” va “Xorazm shakar” zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan bo‘shatishni mo‘ljallagan.
Shakar bozoriga qiyin bo‘ldi: MDH koronavirus inqirozini qanday yengmoqda
Ma’lum qilinishicha, hozirda ikkita zavodda jami 2000 nafardan ziyod ishchi xodimning daromadsiz qolish xavfi tug‘ilmoqda.
Shakar ochiq savdoga chiqarildi - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi