TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘tgan kun davomida Rossiyada 16 319 ta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu pandemiya boshlangan buyon rekord darajada kasallanishdir.
Eng ko‘p kasallanish Moskva (4999), Sankt-Peterburg (693) va Moskva viloyatida (426) qayd etilgan.
Shu tariqa Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1,4 milliondan oshgan. Shulardan 1 085 608 nafari tuzalib ketgan. 24 635 kishi virus qurboniga aylangan.
Worldometers ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 40,7 milliondan ziyod kishi yangi koronavirus bilan kasallangan. Qurbonlar soni 1,1 milliondan oshgan. Eng ko‘p kasallanish AQSh (8,4 mln), Hindiston (7,5 mln), Braziliya (5,2 mln), Rossiya (1,4 mln) va Ispaniya (1 mln) va Argentinada (1 mln) qayd etilgan.