TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Soddalashtirilgan tartibda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘lgan mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirish taklif qilindi.
Rossiya Mehnat vazirligi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar - soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarning kasblari, mutaxassisliklari va lavozimlari ro‘yxatini to‘ldirish taklif qildi.
Dushanba kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida e’lon qilingan buyruq loyihasida qayd etilishicha: professorlar va dotsentlar soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishlari mumkin.