O‘n to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPasport RF
Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi prezidentining 5-oktabrda imzolangan "Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 5-oktabr kuni "Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida"gi farmonini imzoladi. Hujjat huquqiy axborot rasmiy internet portalida joylashtirildi.

Unga ko‘ra, umumiy tartibda (yashash guvohnomasi (VNJ) asosida Rossiya hududida 5-yil yashagan) 137 nafar kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston hududida tug‘ilgan 19 nafar kishiga Rossiya fuqaroligi berildi.

Shuningdek, AQSh, Afg‘oniston, Armaniston, Argentina, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Belarus, Vyetnam, Germaniya, Gruziya, Irlandiya, Kuba, Moldaviya, Ozarbayjon, Turkiya, Tojikiston, Suriya, Serbiya, Ukraina, Fransiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda tug‘ilgan kishilar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0