Kim g‘alaba qozonishi haqida aniq javob berish mumkin emas, "bu borada aniq ishonchlilikdan ko‘ra, umid ko‘proq", dedi nashr suhbatdoshi.
"Men Baydendan ko‘ra, Trampning siyosiy liniyasi AQSh uchun ham, butun dunyo uchun ham foydaliroq, degan fikrdan kelib chiqaman. Ammo, birinchidan, hozirgi sharoitda Bayden Xitoyni faol qo‘llab-quvvatlamoqda, nega deganda Trampning maqsadi - o‘z ishlab chiqarish sanoatini ajratishdan iborat, - shunday ekan, tabiiyki, u Xitoyga zarba bermoqda. Aytish joizki, Xitoy iqtisodi aynan ishlab-chiqarishning aksariyat qismi AQShdan Xitoyga o‘tkazilgani bois ko‘tarilgan edi", - dedi Vasserman.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyni qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasini bu masalada e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Tramp olib borayotgan liniya, umuman olganda AQSh va ishlab-chiqaruvchilar uchun manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo savdo yurituvchilar uchun o‘ta foydadan yiroq.
"Demokratik partiya esa 60-yillar boshidan aynan savdo xodimlarining manfaatlarini qo‘llab-quvvatlab keladi, aynan shu bois, barcha axborot savdogarlari nomdor aktorlardan boshlab, internet-magnatlarigacha aynan Bayden tarafida, shu bois, Baydenga kompromat e’lon qilingan maqolalarga havolalar ijtimoiy tarmoqlar va izlash tizimlarining aksariyatidan o‘chirib tashlanmoqda", - deya davom etdi Vasserman.
Umuman olganda, hozircha kuchlar taqsimoti quyidagicha: AQShda jamoatchilik fikrini shakllantirishga ta’sir o‘tkaza oluvchi qatlam hozirda Bayden tarafida. Ammo, 2016-yilda xuddi shu qatlam demokrat Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlaganini unutmaslik lozim. Va bu holat Trampga g‘alaba qozonishda to‘siq bo‘la olmagan edi, deya xulosa qildi analitik.