Bulung‘urda oziq-ovqat mahsulotlarni arzonlashtirish bo‘yicha choralari qabul qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaso na rinke v Tashkente
Maso na rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda Bulung‘ur tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Bulung‘urda Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi oziq-ovqat narxini ushlab turish uchun ko‘rilayotgan choralar ko‘rib chiqildi.

Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatidagi Bulung‘ur arig‘idan ayol kishining jasadi topildi

Sessiyada tuman hokimi Baxodir Baxramov, Oliy Majlis senati a’zosi Farxod Boqiyev, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Baxtiyor Abdullayev, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida 4 ta masala ko‘rib chiqilishi tasdiqlab olindi.

Sessiya kun tartibidagi birinchi masalaga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-oktabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Bulung‘ur tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” Bulung‘ur tuman hokimining qarori qabul qilindi.

Tuman aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan 6 oylik talabini tibbiyot meyorlari bo‘yicha oyma-oy hisoblab chiqildi.

Go‘shtga 3 ming 968 tonna talab bo‘lsa ishlab chiqarish 6 ming 77 tonna, talabga nisbatan 1 ming 54 tonna ko‘p ishlab chiqariladi.

Jumladan, mol go‘shtiga 1 ming 761 tonna talab bo‘lsa ishlab chiqarish 2 ming 431 tonna, talabga nisbatan 670 tonna ko‘p, qo‘y go‘shtiga 848 tonna talab bo‘lsa ishlab chiqarish 1 ming 215 tonna, talabga nisbatan 368 tonna ko‘p va tovuq go‘shtiga 1 ming 360 tonna talab bo‘lsa ishlab chiqarish 2 ming 431 tonna, talabga nisbatan 1 ming 71 tonna ishlab chiqariladi.

Tuxumga 20 mln 120 ming dona talab bo‘lsa ishlab chiqarish 24 mln 550 ming dona talabga nisbatan 2 mln 215 ming dona ko‘p ishlab chiqariladi.

Kartoshkaga 4 ming 844 tonna talab, ishlab chiqarish 51 ming 556 tonna talabga nisbatan 23 ming 356 tonna ko‘p ishlab chiqariladi.

Piyozga 1 ming 863 tonna talab, ishlab chiqarish 15 ming 271 tonna talabga nisbatan 6 ming 704 tonna ko‘p ishlab chiqariladi.

Shkola - Sputnik O‘zbekiston
"Hisob berish esdan chiqibdi": Bulung‘urda pedagoglar mukofot puli nega "arra" qilingan edi?

Sabziga 2 ming 422 tonna talab, ishlab chiqarish 8 ming 461 tonna talabga nisbatan 3 ming 19 tonna ko‘proq ishlab chiqariladi.

Guruch 913 tonna talab qilinadi ushbu mahsulotni Xorazm viloyatidan dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan xar xaftada bir martta 30 tonna olib kelinib kunlik o‘rtacha 4-5 tonna atrofida sotib kelinmoqda.

Un 7 ming 200 tonna talab etiladi tumandagi 23 ta chakana savdo korxonalari tomonidan aholiga uzluksiz yetkazib berilmoqda.

O‘simlik yog‘i 848 tonna talab etiladi ushbu mahsulotni tumandagi savdo tashkilotlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on yog‘ moy zavodidan va Samarqand shahardagi yog‘ bazalaridan olib kelinmoqda.

Shakarga 1 ming 25 tonna talab etilib Xorazm viloyati va Ukraina davlatidan tumandagi savdo korxonalari tomonidan uzluksiz olib kelinishi ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0