Toshkentda transportda qo‘lqopda bo‘lish tartibiga qanchalik rioya qilinmoqda – video

Obuna bo‘lish
Poytaxtda 19-oktabrdan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etildi.

O‘zbekiston Transport vazirligi bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etilishini ma’lum qildi.

Passajiri v poyezde - Sputnik O‘zbekiston
Vazirlik: Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘lqop bepul beriladi

Joriy yilning 19-oktabridan e’tiboran shahar jamoat transportidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqobda, shuningdek, tibbiy qo‘lqopda bo‘lishlari qat’iyan talab etiladi.

Tashuvchilar tomonidan jamoat transporti yo‘lovchilariga qo‘lqoplar bepul taqdim etiladi.

Yo‘lovchilar metro stansiyalariga kirishda,  avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qo‘lqoplarni olishlari mumkin.

Yo‘lovchilar bu tartibga qanday rioya qilishmoqda – batafsil Sputnik videosida.

Yangiliklar lentasi
0