Vazirlik: Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘lqop bepul beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPassajiri v poyezde
Passajiri v poyezde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar metro stansiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qo‘lqoplarni olishlari mumkin.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lovchilarga qo‘lqop bepul taqdim etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, tashuvchilar tomonidan jamoat transporti yo‘lovchilariga qo‘lqoplar bepul taqdim etiladi.

Yo‘lovchilar metro stansiyalariga kirishda,  avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qo‘lqoplarni olishlari mumkin.

“Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibining joriy etilishidan yagona maqsad fuqarolar salomatligini asrashdir”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 19-oktabrdan jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0