Rossiyada mehnat migrantlariga pensiya to‘lanadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRublevie kupuri raznogo dostoinstva
Rublevie kupuri raznogo dostoinstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan kelgan mehnat migrantlariga mamlakatda to‘plangan staj uchun pensiya to‘lanadi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiyada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan kelgan mehnat migrantlariga mamlakatda to‘plangan staj uchun pensiya to‘lanadi.

Dmitriy Poletayev - Sputnik O‘zbekiston
Poletayev: Rossiya hali uzoq vaqt migrantlarga muhtoj bo‘ladi

Davlat Dumasi 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bu haqda tegishli kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Bir necha yildan beri YeOOIga a’zo bo‘lgan davlatlar mehnat migrantlarini pensiya bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli ish olib borilmoqda.

2019 yil 20-dekabrda Sankt-Peterburgda YeOII davlatlari rahbarlari tomonidan kelishuv imzolangan va Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus o‘rtasida pensiya ta’minoti masalalarini tartibga soladi.

Hujjatga ko‘ra, pensiya staji qaysi hududda to‘plangan bo‘lsa shu davlat tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

Kelishuvning asosiy maqsadi – YeOIIga a’zo davlatlari ishchilarining pensiya huquqlarini, ish bilan ta’minlangan davlat fuqarolari bilan bir xil shartlarda va tartibda shakllantirish.

Pensiyani olish uchun yashash joyidagi pensiya idoralariga yoki mazkur shaxs ishlaydigan mamlakatning tegishli muassalariga murojaat qilishi zarur. Agar hujjatlar Rossiyada taqdim etilsa, ular Rossiya qonunchiligida belgilangan tartibda taqdim etilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0