Poletayev: Rossiya hali uzoq vaqt migrantlarga muhtoj bo‘ladi

© Foto : Iz lichnogo arxiva Dmitriya PoletayevaDmitriy Poletayev
Dmitriy Poletayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Migratsiya tadqiqotlari markazi direktori, INP RFA yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev Moskva merining mehnat migrantlari soni kamayganligi haqidagi bayonotiga izoh berdi

Sal oldin Moskva meri Sergey Sobanin 2020-yilda mehnat migrantlari soni shaharda 40%ga pasaygani haqida xabar bergan edi.

Migranti ubirayut sneg v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlar yetishmasligi muammosi yuzaga keldi

Bu holat mavsumiy ishchilar jalb qilingan mehnat bozori va shahar xizmatlari, xususan, uy-komunnal xo‘jaliklari faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Sputnik Tojikiston efirida Poletayev Rossiya hali uzoq vaqt mavsumiy ishchilarga muhtoj bo‘lishini qayd etdi.

"Moskva va boshqa yirik shaharlarda mehnat migrantlari uchun joylar saqlanib qoladi, ammo "migrantlar"niki deb ataluvchi joylar endi o‘z turini o‘zgartiradi. Migrantlar endilikda yetkazib berish xizmati, qurilish sohasida ko‘proq band bo‘lishlari mumkin. JKX va xizmatlarda ham", - deydi ekspert.

Ekspertning ta’kidlashicha, iqtisodiyotda majburiy jimjitlik pasaya boshlagach, ish joylari yana paydo bo‘ladi.

Poletayev shuningdek, Rossiya markazi va shaharlarga ish kuchlarining jalb etilishi davom etishini qo‘shimcha qildi.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, demografik vaziyat mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan migrantlar ko‘proq jalb etilishini taqazo etmoqda. Ularning aksariyati rossiyaliklarga aylanishi mumkin va bu ko‘rsatma allaqachon tatbiq etila boshlagan.

Yangiliklar lentasi
0