TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 222 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 831 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 11 nafari Toshkent viloyatida, 113 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Bugunning o‘zida 192 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 61 260 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 2 338 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 536 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Chipta narxi
Uzbekistan airways Toshkent - Dubay - Toshkent yo‘nalishida chipta narxini tushirganini e’lon qildi: ekonom klass chiptalar bir tomonga 209 yevro, ikki tomonga 319 yevrodan sotiladi. Parvozlar 25-oktabrdan boshlab haftasiga 4 marotaba: dushanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Ota-onalar yig‘ilishi
Karantin qoidalari yumshatilishiga qaramasdan Maxsus komissiyaning bayonlarida maktablarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi shu jumladan ota-onalar yig‘ilishlarini o‘tkazish taqiqlangan.
Pandemiya sharoitiga qaramasdan bugungi kungda mavsumiy kasalliklarni avj olishini va koronavirus infeksiyasi bilan birga uchrashi ayanchli ahvollarga olib kelishi mumkin.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 41,0 milliondan oshdi, 1,1 million ortiq kishi vafot etdi, 30,6 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,5 mln), Hindistonda (7,7 mln), Braziliyada (5,3 mln).