Moskvada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishi aytildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya
Vaksinatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva meri Sergey Sobanin aholini ommaviy emlash “pandemiya ustidan uzil-kesil g‘alaba” bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Moskvada koronavirusga qarshi ommaviy emlash dekabr-yanvarda boshlanadi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobanin ma’lum qildi.

Vaksinatsiya dobrovolsev protiv COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
RFA prezidenti koronavirus ustidan g‘alaba qozonish omilini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyida Moskva koronavirusga qarshi vaksinaning ma’lum darajadagi birinchi partiyasini olishni rejalashtirmoqda.

“Dekabr-yanvarda aholini ommaviy emlashni boshlaymiz”, - deyilgan xabarda.

Sobanin ommaviy emlash “pandemiya ustidan uzil-kesil g‘alaba” bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan: Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan “Sputnik V” va “Vektor” markazining “EpiVakKorona” vaksinalari. Bundan tashqari, Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan ham yangi vaksina ustida ish olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0