Moskvada migrantlar yetishmasligi muammosi yuzaga keldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMigranti ubirayut sneg v Moskve
Migranti ubirayut sneg v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva meri Sergey Sobaninning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda mehnat migrantlari soni 40 foizga qisqardi. Ular ishini qilishga har qanday moskvalik tayyor emas.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Bu yil Moskvada mehnat migrantlari soni 40 foizga qisqardi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobanin “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Moskvada migrantlar ancha kam bo‘lgani bilan bog‘liq muammo bor. 40 foizcha, alohida hisob-kitoblarga ko‘ra”, - dedi Sobanin.

U migrantlar soni kamayishi Moskvada mehnat bozoriga, ayniqsa, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Rabochie vo vremya stroitelstva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayapti - bosh vazir o‘rinbosari

“Bu qo‘l mehnati, bu belkurak, supurgi va lom. Har qanday moskvalik ham bunday ishlarda ishlashga tayyor emas. Lekin asta-sekinlik bilan baribir bu masalani ham hal qilyapmiz, juda ko‘p mexanizatsiya bor. Boshqa mintaqalardan odamlarni jalb qilyapmiz”, - deya qo‘shimcha qildi Sobanin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha Moskva merining o‘rinbosari Vladimir Yefimov shahar hukumati pandemiyadan keyin shaharda mehnat migrantlari kamayganini qayd etganini ma’lum qilgan edi.

Rossiya mart oyi oxiridan boshlab koronavirus pandemiyasi sabab boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlarni to‘xtatib qo‘ygan. Shuningdek, parvozlar hozircha qayta tiklanmagan mamlakat fuqarolarining mamlakatga kirishi cheklangan. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Rossiya faqat Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan muntazam parvozlarni tiklagan.

Yangiliklar lentasi
0