TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 224 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 831 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 89 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Bugunning o‘zida 193 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 60 910 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 2 387 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 534 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Chegarada to‘plangan migrantlar
Rossiya va Qozog‘istonning Astraxan viloyatidagi chegarasida 250 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolari 130 ta avtomobillarda to‘plandi.
Astraxan viloyati hukumati raisi Aleksandr Sharikin Rossiya va Qozog‘iston chegarasida Krasnoyarsk tumanidagi “Karaozek” o‘tkazish punkti hududida migrantlarning to‘planishi munosabati bilan federal, viloyat, munitsipial organ va o‘zbek diasporasi vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda batafsil.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 40,6 milliondan oshdi, 1,1 million ortiq kishi vafot etdi, 30,4 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,5 mln), Hindistonda (7,6 mln), Braziliyada (5,3 mln).