TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiya va Qozog‘istonning Astraxan viloyatidagi chegarasida 250 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolari 130 ta avtomobillarda to‘plandi.
“Astraxan viloyati hukumati raisi Aleksandr Sharikin Rossiya va Qozog‘iston chegarasida Krasnoyarsk tumanidagi “Karaozek” o‘tkazish punkti hududida migrantlarning to‘planishi munosabati bilan federal, viloyat, munitsipial organ va o‘zbek diasporasi vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazdi”, - deyilgan Astraxan viloyati gubernatori ma’muriyati matbuot xizmati xabarida.
Xabarda yozilishicha, o‘zbekistonlik migrantlarga Qozog‘iston hududi orqali vatanga mashinada o‘tib ketish imkoniyati borligi haqida ataylab noto‘g‘ri ma’lumot berilggan bo‘lishi mumkin.
Astraxan viloyati hukumati eslatgan: hozirda chegarani kesib o‘tishning ikkita qonuniy usuli bor – Moskva, Rostov, Sankt-Peterburgdan maxsus reyslarda yoki Volgograd viloyatidagi “Voljskiy” stansiyasidan temir yo‘l transporti orqali.
Ta’kidlanishicha, Rossiyada bo‘lib turish qoidasini buzganlik uchun kamida 16 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qoidabuzarlarga Rossiyaga 5-yilgacha kirish taqiqlanishi mumkin.
“Shu bilan birga Astraxan viloyatida qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlar bilan band mehnat migrantlarga ish beruvchilar vatanga temir yo‘l transporti orqali ketishga yordam ko‘rsatmoqda”, - deyilgan xabarda.
“Karaozek” o‘tkazish punkti orqali Qozog‘istonga noqonuniy o‘tishga urinayotgan fuqarolar, asosan, Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlaridan kelganlar. Ular u yerda qurilish ishlari band bo‘lishgan yoki taksi haydovchisi bo‘lib ishlaganlar.
Rospotrebnadzor, mahalliy hukumat va IIBga viloyatda huquqiy tartibni ta’minlash va epidemilogik vaziyatni yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik topshirilgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegaralari yopiqligicha qolmoqda
Shuningdek, Astraxan viloyati hududida mehnat migrantlarining noqonuniy yashash joyiga aylantirmaslikka qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 17-sentabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Shuningdek, Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qo‘shimcha charter reys qo‘yilgan. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.
TIV fuqarolarga murojaat qilib, Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlardan poyezd stansiyalarida to‘planmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘ragan edi.