Firibgarlarga chuv tushgan fuqarolar Bosh prokuratura oldida piket uyushtirishdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishKursi valyut
Kursi valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, fuqarolar Aleksey Meng va A.Molotagin boshchiligidagi International Consulting Group platformasiga sarmoya kiritgan va firibgarlik harakatlari oqibatida moddiy zarar ko‘rgan. Shu sababli ular namoyishni tashkil qilgan

TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Joriy yilning 18-oktabr kuni Bosh prokuraturaning fuqarolar qabulxonasi oldida bir guruh fuqarolar yig‘ilib piket uyushtirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
"Ming dollarga ish": Jizzaxda odamlarga turli lavozimlarni pullagan firibgar qo‘lga olindi

Qayd etilishicha, mazkur fuqarolar Aleksey Meng va A.Molotagin boshchiligidagi International Consulting Group platformasiga sarmoya kiritgan va firibgarlik harakatlari oqibatida moddiy zarar ko‘rgan. Shu sababli ular namoyishni tashkil qilgan. Ushbu tadbirda ishtirok etgan fuqarolardan jami 33 ta murojaat qabul qilingan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Aleksey Meng va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a” bandi (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi ish yurituvida.

Bayonotda aytilishicha, fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlar jinoyat ishiga qo‘shib, o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rilishi Bosh prokuratura nazoratiga olingan.

Yangiliklar lentasi
0