AQSh Rossiya jo‘natgan 45 ta IVL apparatini yo‘q qildi

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishApparati IVL dlya Monchegorskoy sentralnoy bolnisi ot kompanii "Nornikel"
Apparati IVL dlya Monchegorskoy sentralnoy bolnisi ot kompanii Nornikel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligi bahorda Rossiyadan qabul qilingan 45 ta “Aventa-M” o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatini yo‘q qildi

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. AQSh Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligi bahorda Rossiyadan qabul qilingan 45 ta “Aventa-M” o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatini yo‘q qildi, dedi Buzfeed.

Gospital COVID-19 v sentre MGU imeni M. V. Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada “Aventa” IVL apparatlaridan foydalanish taqiqlandi

Bu vaqt davomida ulardan umuman foydalanilmadi. Ta’kidlashicha, bunga ayrim sabablar bo‘lgan: Rossiya va AQShlarining elektr tarmoqlaridagi kuchlanishdagi farq (qurilmalarni ulash uchun maxsus adapterlar kerak bo‘lgan), Rossiya shifoxonalarida bunday qurilmalarning yonishi oqibatida chiqqan yong‘inlar, shuningdek, ishlab chiqaruvchi kompaniyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar.

IVL moslamalari zararli chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha barcha qoidalarga muvofiq va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilgan holda utilizatsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida An-124 “Ruslan” harbiy-transport samolyoti AQShga gumanitar yordam yetkazib bergandi. Samolyot bortida o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlari, respiratorlar, ko‘zoynaklar, maskalar va dezinfeksiyalovchi vositalar bo‘lgan.

9 va 12-mayda “Aventa-M” IVLdan foydalanilgan Moskva va Sankt-Peterburgdagi kasalxonalarda yong‘in yuz berdi, buning oqibatida yetti bemor vafot etdi.

Hodisadan keyin Roszdravnadzor tergov davomida ulardan foydalanishni to‘xtatgandi.

Yangiliklar lentasi
0