Muzlatgich kattaligidagi asteroid Yerga tushishi mumkin

© NASAAsteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda saylovlari kuni arafasida asteroid Yer bilan to‘qnashishi mumkin - amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Muzlatgich kattaligida bo‘lgan asteroid Yerga AQShda prezident saylovlari o‘tadigan sanadan bir kun oldin tushishi mumkin. Bu haqda amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson ma’lum qildi.

Kosmonavti Roskosmosa Anton Shkaplerov i Aleksandr Misurkin vo vremya vixoda v otkritiy kosmos - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik fazogir kosmosda 5 ta sirli obyektni videoga oldi

“Muzlatgich kattaligida bo‘lgan 2018VP1 fazoviy tosh biz tomon soatiga 25 ming mil (40,2 ming km/s) tezlik bilan yaqinlashmoqda. U Yer bilan prezident saylovlaridan bir kun oldin – 2-noyabrda to‘qnashishi mumkin”,  - deb yozgan olim Instagram’ sahifasida.

Taysonning ta’kidlashicha, bunday o‘lchamdagi asteroid katta ziyon yetkazmaydi.

Avgustda NASA 2018 VP1 asteroidi 2-noyabr soat 18.33da Yerga minimal masofaga yaqinlashishini ma’lum qilgan. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, fazoviy jism Yerdan 384 ming km uzoqlikda uchib o‘tadi. Asteroidning Yer atmosferasiga kirishi ehtimoli 240tadan bittani yoki 0,41 foizni tashkil qiladi. 

Asteroid 2018 VP1  2018 yil 3-noyabrda ochilgan. U harakatlanish yo‘nalishi Yer orbitasini kesib o‘tuvchi “Appolon” asteroidlar guruhiga kiradi.

AQSh prezident saylovlari 3-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0