TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Xalqaro kosmik stansiyasi bortida ishlayotgan rossiyalik fazogir Ivan Vangner kosmosda noma’lum obyektlarni tasvirga oldi.
U Antarktidada qutb yog‘dusini suratga olgan edi.
"Ammo videoda qutb yog‘dusidan tashqari boshqacha narsani ko‘rishingiz mumkin..." To‘qqizinchi - o‘n ikkinchi soniyalarda beshta jism paralel yo‘nalishda, bir-biridan bir xil masofada uchib chiqadi", - deb yozdi Vagner.
Bu nima bo‘lishi mumkin: meteoritlar, yo‘ldoshlar yoki boshqa narsa.
"Bu haqda “Roskosmos" davlat korporatsiyasi rahbariyatiga axborot berildi. Materiallar tahlil qilish uchun Rossiya Fanlar akademiyasining Fazoviy tadqiqotlar institutiga topshirildi", - deb qo‘shimcha qildi fazogir.