TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiyada Migrantlarning huquqini himoya qiluvchi va madaniy moslashuvi markazi ochilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Markaz Rossiya musulmonlari ulamolar kengashi huzurida tashkil etilgan. Markazdan tashqari mehnat migrantlar uchun ishonch telefoni (8-800-550-32-03) ishga tushgan. Ushbu raqamlarga migrantlar dinlari va millatlaridan qat’i nazar murojaat qilishlari mumkin.
Rossiya musulmonlari ulamolar kengashi raisi Albir Krganovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha Rossiyaning 18 ta mintaqasida amalga oshirilmoqda.
“Bir necha hafta ichida ko‘p tilli Rosmigrant.rf saytini ishga tushiramiz. U yerda migratsiya mavzusiga oid ma’lumotlar bo‘ladi, savollarga cherez WhatsApp, Viber yoki SMS orqali javob olish mumkin bo‘ladi”, - dedi Krganov
U Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan migrantlarga Rossiya qonunchiligini tushunishga, qonunga binoan qonuniy bo‘lishlariga yordam berish zarurligini ta’kidladi.
Krganov tez-tez bunday kishilardan foydalanishlari va chuv tushirishlarini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijliklarning o‘z huquqlarini himoya qilishi qiyin.
“Hammamiz bunday kishilarga qanday yordam berish kerakligi haqida o‘ylaymiz, axir maqsad jarimaga tortish yoki kishini jo‘natib yuborish emas, yordam berishdir”, - deya rejalari bilan o‘rtoqlashdi muftiy.
O‘z navbatida Rossiya musulmonlari ulamolar kengashi loyihani qo‘llab-quvvatlagan notijorat tashkilotlar, elchixonalar, IIV bilan hamkorlik qiladi.
Bularning barchasi ekstremizm va jinoyatchilikning oldini olishga, millatlararo va dinlararo munosabatlarni mustahkamlashga va rusiyzabon muhitda migrantlarning madaniy moslashishiga ko‘mak beradi.