COVID-19 ga PZR testi bo‘lmagan o‘zbekistonlik Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy "Aeroport Astana"
Mejdunarodniy Aeroport Astana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltinchi oktabrdan koronavirusga manfiy testi bo‘lmagan xorijliklar Qozog‘istonga hududiga kiritilmaydi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Koronavirusga PZR usulida test topshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lmagan uch nafar chet ellik Qozog‘istondan chiqarib yuborildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

Meditsinskie rabotniki okazivayut pomosh patsiyentu s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 63,4 mingdan oshdi

Qozog‘istonning transport bosh sanitar shifokori Sadvakas Baygabulovning so‘zlariga ko‘ra, ular Rossiya, O‘zbekiston va Armaniston fuqarolaridir.

“Chet el fuqarolari Qozog‘istonga 19-oktabrga o‘tar kechasi kelishdi. Yonlarida COVID-19 ga test topshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari yo‘q edi. Bu ularning mamlakatdan chiqarib yuborilishiga sabab bo‘ldi”, - dedi u.

Qozog‘iston hukumati 5-oktabrdan boshqa mamlakatlar bilan parvozlarni qayta tiklashni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga qaror qilgan. 6-oktabrdan koronavirusga PZR usulida olingan manfiy testi bo‘lmagan xorijliklar Qozog‘istonga hududiga kiritilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0