O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 63,4 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki okazivayut pomosh patsiyentu s COVID-19
Meditsinskie rabotniki okazivayut pomosh patsiyentu s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning 10 ta hududida yana 127 kishida koronavirus aniqlandi. Eng ko‘p holat Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida qayd etilgan.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 127 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 63 430 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning yangi alomati aytildi

Yangi kasallanganlarning 30 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 15 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Jizzax viloyatida, 9 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 529 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 60 401 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 500 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0