Farg‘onada kameralar niqobsiz yurgan necha kishini jarimaga tortdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRabota statsionarnix i mobilnix kompleksov fotovideofiksatsii
Rabota statsionarnix i mobilnix kompleksov fotovideofiksatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir kunning o‘zida viloyatda videofotofiksatsiya vositalari orqali niqob taqish tartibiga amal qilmagan 156 nafar fuqarolar aniqlandi.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyatida 17-oktabr kuni videofotofiksatsiya vositalari orqali niqob taqish tartibiga amal qilmagan 156 nafar fuqarolar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Kamera videonablyudeniya - Sputnik O‘zbekiston
Yangicha yondashuv: O‘zbekistonda niqob taqmaganlar kamera yordamida aniqlanadi

“17 oktabr kuni niqobli tartibga amal qilmagan 156 nafar shaxslarning foto-video suratlari olinib, tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirildi”, - deyilgan xabarda.

Niqobsiz fuqarolarning shaxsi maxsus bazada aniqlanib, IIO va Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Ushbu bayonnomani esa fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 17-oktabrdan respublikada birinchi marta Farg‘onada jamoat joylarida niqobsiz harakatlangan fuqarolarni kameralar orqali aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0