Jamiyat

Yangicha yondashuv: Oʻzbekistonda niqob taqmaganlar kamera yordamida aniqlanadi

© AFP / TOLGA AKMENKamera videonablyudeniya
Kamera videonablyudeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tajriba Fargʻona viloyatidan boshlanadi. Fotosuratga olingan niqobsiz fuqaroning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanadi.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Fargʻona viloyatida 17 oktyabrdan zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda niqob taqmagan qoidabuzarlar aniqlanadi. Bu haqda viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda ilk marotaba jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay, niqobsiz harakatlangan fuqarolarni video, fotofiksatsiya vositalari orqali aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilmoqda.

Oslableniye karantinnogo rejima v Gretsii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda "maska rejimi" bekor qilingani yoʻq. Biroq koʻpchilik niqobsiz koʻchaga chiqmoqda

Fotosuratga olingan niqobsiz fuqaroning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanib, IIO va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi. 

COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Ushbu harakatni sodir etgan shaxs 1 mln 115 ming soʻm miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0