O‘zbekistonda yana 125 kishi koronavirus yuqtirdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishVrach brigadi skoroy meditsinskoy pomoshi
Vrach brigadi skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, 17 oktabr holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 39,5 milliondan oshgan. Yer yuzida so‘nggi sutka davomida 108 350 kishi ushbu infeksiyani yuqtirgan.

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. O‘zbekistonning 11 hududda yana 125 kishi Covid-19 infeksiyasini yuqtirdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Passajir moskovskogo metro na stansii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yo‘lovchilarning transportga niqob va qo‘lqopsiz chiqishlari man etildi

Mamlakatda jami kasallanganlar soni 62 809 nafarni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 59 756 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 17 oktabr holatiga ko‘ra, dunyoda 39 587 005 koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan. Yer yuzida so‘nggi sutka davomida 108 350 kishi infeksiyani yuqtirgan.

Infeksiyadan dunyoda 1 109 130 kishi vafot etgan, bir sutka davomidagi o‘limlar soni 2 145 nafarni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0