Rossiyada ishlash uchun hujjat tayyorlash osonlashtirilmoqda

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishOcheredi migrantov v UFMS
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda, patent uchun talab etiladigan hujjatlarning aksariyat qismi, xususan, rus tili, Rossiya qonunchiligi va tarixini o‘rgatish va tegishli sertifikat berish ishlari O‘zbekistonda amalga oshiriladi

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi "Pasport va viza xizmati" federal davlat unitar korxonasi rahbari S.Mashin boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida uchrashuv tashkil etildi.

Stansiya skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining qisqa raqami ishga tushdi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig‘i M.Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari va Ichki ishlar vazirliklari vakillari hamda Rossiya Federatsiyasi "Pasport-viza xizmati" rahbari S.Mashin, RUDNning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari A.Kolesnikov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda ayni paytda Rossiyada ishlayotgan va ushbu mamlakatda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qulayliklar yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiyaning ko‘p funksiyali migratsiya markazini tashkil etish jadallashtiriladi

Uchrashuvda ta’kidlandiki, Rossiya Federatsiyasi hududida ishlashda talab etiladigan patentni rasmiylashtirish uchun o‘rtacha 20 kundan 30 kungacha vaqt talab etiladi.

Bu vaqt oralig‘ida fuqaroning ishlashi mumkin emas va tabiiyki, bu jarayon mehnat migrantlaridan ortiqcha vaqt va xarajat talab etadi. Endilikda, Rossiya "Pasport va viza xizmati"ning O‘zbekistonda ochilishi rejalashtirilayotgan vakolatxonasi hamda RUDNning mamlakatimizdagi vakolatxonasi orqali patent uchun talab etiladigan hujjatlarning aksariyat qismi, xususan, rus tili, Rossiya qonunchiligi va tarixini o‘rgatish va tegishli sertifikat berish ishlari O‘zbekistonda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, ketishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tish va Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish uchun taqiq bor-yo‘qligini tekshirish imkoniyatini yaqin vaqtda yaratish ham rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekistonda yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ham ma’lumot berildi.

Yangiliklar lentasi
0