O‘zbekistonda Rossiyaning ko‘p funksiyali migratsiya markazini tashkil etish jadallashtiriladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi sohasini tizimlashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalari alohida tartibda ko‘rib chiqdi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari respublika hududida Rossiyaning ko‘p funksiyali migratsiya markazini (KFMM) tashkil etishni jadallashtirish niyatida. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Buxoro shahrida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraisligi ostida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining (HK) yigirma birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Ikkala tomon ham O‘zbekiston Respublikasi hududida Rossiya Federatsiyasining ko‘p funksiyali migratsiya markazini (KFMM) tashkil qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni jadallashtirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishga tayyor ekanligi ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.

Tomonlar ushbu yo‘nalishda birgalikda olib borilgan ishlarda erishilgan sezilarli yutuqlarni qayd etdilar.

O‘zbekistonda ko‘p funksiyali migratsiya markazi ochilishi mumkin

Shuningdek, Rossiyada yashayotgan va mehnat faoliyatini yuritayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash, ularni ijtimoiy, moliyaviy va huquqiy muhofaza qilish masalalarida yordam ko‘rsatish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha keyingi harakatlarni muhokama qildilar. 

Yangiliklar lentasi
0