O‘zbekistonda koronavirus: 16-oktabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 217 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 588 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal uchastie v tretyem zasedanii glav vneshnepoliticheskix vedomstv gosudarstv Sentralnoy Azii i Rossii v formate videokonferensii - Sputnik O‘zbekiston
MO mamlakatlari va Rossiya TIV rahbarlari mintaqadagi vaziyatni muhokama qilishdi

Bir sutka davomida 217 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 588  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 97 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 195 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 59 624 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 444 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 521 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Qo‘shimcha qatnov

Rossiyadan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 483/484-sonli poyezdning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Poyezdlar Volgograd viloyatidagi "Voljskiy" stansiyasidan 15, 18, 22, 25, 28-oktabr kunlari, shuningdek, 1 va 2-noyabr kunlari soat 21:57da yo‘lga chiqadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 39,2 milliondan oshdi, 1 million 102 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 29,4 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,2 mln), Hindistonda (7,4 mln), Braziliyada (5,1 mln).

Yangiliklar lentasi
0