MO mamlakatlari va Rossiya TIV rahbarlari mintaqadagi vaziyatni muhokama qilishdi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal uchastie v tretyem zasedanii glav vneshnepoliticheskix vedomstv gosudarstv Sentralnoy Azii i Rossii v formate videokonferensii
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal uchastie v tretyem zasedanii glav vneshnepoliticheskix vedomstv gosudarstv Sentralnoy Azii i Rossii v formate videokonferensii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. 2020-yilning 15-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining videokonferensiya shaklidagi uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashdi.

© MID UzbekistanaO‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining videokonferensiya shaklidagi uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
MO mamlakatlari va Rossiya TIV rahbarlari mintaqadagi vaziyatni muhokama qilishdi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining videokonferensiya shaklidagi uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, migratsiya, madaniy-gumanitar, xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik farovonlikni ta’minlash sohalarida o‘zaro aloqalarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Otkritie filiala MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Moskvadagi ShHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston TIV rahbari uchrashuv ishtirokchilariga mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi samarali kurashish, pandemiyaning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali aholi bandligini ta’minlash, korxonalar va milliy eksportorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi, bunda Afg‘onistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka yanada jalb qilish muhim omil hisoblanishi qayd etildi.

Tadbir yakunida "Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirlarining hamkorlikning strategik yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bayonoti" qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0